Oltinko‘l tumanida talabaning o‘qishini ko‘chirtirib berishni va'da qilgan talaba ushlandi

O‘zbekiston 11:18 / 03.08.2021 768

U Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universitetidagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berishni va'da qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Andijon davlat universiteti talabasi S.E. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universitetidagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ko‘chirtirib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: