Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma'lum qilindi 

O‘zbekiston 11:29 / 03.08.2021 14014

Imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududida o‘tkaziladi.

Imtihon kunlari quyidagicha:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7 avgust;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab – 8-9 avgust;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi – 10-12 avgust.

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2 avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda. Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olish shart.

Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim. Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

Ko‘proq yangiliklar: