Xorazmda «Tashabbusli budjet» loyihasiga 2255 ta taklif berildi 

O‘zbekiston 11:50 / 02.08.2021 1278

Takliflar asosan yo‘llarni ta'mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta'minoti, maktablarni jihozlash, internet tarmog‘ini o‘tkazish kabi muammolar yechimiga qaratildi.

Eng ko‘p taklif bildirgan tumanlar Xonqa (335), Tuproqqal'a (252) va Hazorasp (218) bo‘ldi. Eng kam taklif esa Yangiariq (113), Xiva shahri (109) va Xiva tumani (106) bo‘yicha berildi.

Endi takliflar 10 kun ichida saralab olinadi va 13 avgustdan 2 sentyabrga qadar ovozga qo‘yiladi. G‘olib deb topilgan loyihalar tuman va shahar xalq deputatlari qarori bilan moliyalashtiriladi.

Xorazm viloyati bo‘yicha «Tashabbusli budjet» loyihasiga 14,5 mlrd so‘m ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: