Navoiyda 1000 AQSh dollari evaziga avtosalondan shartnoma olib berishni va'da qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 18:24 / 02.08.2021 1744

Navoiyda avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, hududdagi MChJlardan birida haydovchi bo‘lib ishlovchi U.H. fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga “Spark” mashinasini 1 000 AQSh dollari evaziga avtosalondan navbatsiz olish uchun shartnoma olib berishni va'da qilgan. U kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida departament hamda DXXning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, fuqarodan 2000 AQSh dollari olgan o‘qituvchi ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: