Teatr garderobxonadan boshlansa, biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi ofis binosini savodli qidirishdan boshlanadi. Buning ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin, ofis uchun joyni tanlash ham oson ish emas. Biroq, ularga amal qilgan holda, siz to‘g‘ri yechimni topishingiz mumkin bo‘lgan tavsiyalar mavjud. Ushbu maqolada biz First Development Group kompaniyasidan Aviapark BM misolida tijorat binosini tanlashda 6 ta oddiy qadamni ko‘rib chiqamiz.
Ofis ochish yoki boshqa biznes-vazifalar uchun binoni qidirishdan avval, eng muhimi – sizga aynan nima kerakligini tushunish, “so‘rovni shakllantirish” muhim.
Bir qarashda bu juda oson tuyuladi – siz shunchaki ofis tanlashingiz kerak. Lekin aynan qandayini? Unda qancha inson ishlaydi? Hududiy jihatdan u qayerda joylashishi kerak? Qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak? Narxi qancha bo‘lishi kerak? Qidirishni boshlashdan oldin ushbu barcha savollarga javob berish kerak.
1-qadam: Joylashgan yerini astoydil o‘rganib tanlang
Bir xil kompaniyalar uchun ofisning ma'lum tumanda joylashgan bo‘lishi juda qulay: o‘ziga tegishli ishlab chiqarish yoki omborxonaning yonida. Boshqalar uchun – binoning metro bekatiga yaqin masofada joylashgani yetarli. Ushbu ikkita talabni birlashtirganda binoni ijaraga olish uchun istiqbolli joyni topish mumkin.
Masalan, Aviapark BM Yashnobod tumanida, “Mashinasozlar” metro bekatidan yo‘lning narigi betida, Elbek ko‘chasida joylashgan. Transport vositalariga boy infratuzilma tufayli Toshkentning markazigacha atigi 5 daqiqa ichida, Shimoliy vokzalgacha esa – 8 daqiqa ichida yetib borish mumkin.
Ushbu joylashishning afzalliklaridan biri: Aviapark BM “Toshkent-tovar” stansiyasining yuk tushirish punktidan, temiryo‘l omborlaridan va Bojxona brokerlari assotsiatsiyasining ofisidan uzoqda bo‘lmagan joyda joylashgan. Faoliyati bevosita tovarlar aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan biznes egalari buni baholashlari aniq.
2-qadam: Transport bilan yetib borish qulayligiga e'tibor qarating
Ko‘pincha ofis binosini ijaraga olish uchun joy narx bilan joylashgan yer orasida tanlanadi. Tanlov baribir narxga tushgan taqdirda, sizgacha yetib borish noqulay bo‘lishi mumkinligi ehtimoli katta. Axir biznes-markazgacha yetib borishning qulayligi nafaqat biznes egasi, balki uning xodimlari yoki hamkorlari uchun ham muhim.
Esingizda bo‘lsin: ofisga yetib borish qanchalik qiyin bo‘lsa, sizning xodimlaringizda ishga borish xohishi shunchalik past bo‘ladi, bu esa kadrlarning tez-tez almashishiga olib kelishi mumkin. Ofisingizga mijozlar tez-tez kelib tursa, ular joylashgan manzilingizni muammolarsiz topa olishlari kerak. Shuning uchun transport bilan yetib borish imkoniyati rivojlangan infratuzilmani qidiring va buning uchun, ijara to‘lovlari ancha qimmatroq bo‘lgan shahar markazini tanlashning hojati yo‘q.
Misol uchun, Aviapark BM Yashnobod tumanida joylashgan, shu sababli bu yerda ijara narxlari shahar markaziga qaraganda pastroq. Bundan tashqari, ushbu joy rivojlangan transport yo‘nalishlariga ega: biznes-markazgacha ham jamoat transportida, masalan metroda, ham shaxsiy avtomobilda yetib kelish mumkin.
Shunday qilib, xodimlarga ofisgacha yetib borish qulay bo‘ladi, mamnun xodimlar esa – muvaffaqiyatli biznes garovi bo‘lib hisoblanadi.
3-qadam: Yetarli miqdorda mashina turar joylarining bo‘lishi kerakligi haqida unutmang
Mashinani qo‘yish joylarini qidirish bilan bog‘liq muammolar – poytaxtdagi eng dolzarb bo‘lgan masalalardan biri. Ertalablari bo‘sh joy qidirishga bir necha daqiqa sarflashni yoki mashinani ofisdan uzoqroq joyga qo‘yishga to‘g‘ri kelgan holda, o‘zining to‘rt g‘ildirakli do‘sti uchun qayg‘urishni kim ham xohlaydi, shunday emasmi? Avtomobilingiz uchun xotirjam bo‘lishingiz va bo‘sh joy qidirib topish uchun vaqtingizni sarflamasligingiz uchun, ofisingiz uchun ijaraga joy qidirishda mashina qo‘yish joylarining mavjudligini bilib olish zarur.
Aviapark BM’da mavjud bo‘lgan uchta: yerusti, yerosti va qo‘shimcha avtoturargohlar tufayli Aviapark xodimlari va mehmonlari avtomobillarini yaqin oradagi hovlilar yoki yo‘l yoqasida qoldirib ketishga majbur bo‘lmaydi. Avtomobil ishonchli nazorat ostida bo‘ladi, uning egasi esa o‘zining transporti uchun qayg‘urishi kerak bo‘lmaydi.
4-qadam. Kvadrat metrlar miqdorini emas, biznesingiz uchun yechimni tanlang
Binoni tanlar ekansiz, faqatgina kvadrat metrlar soniga qarab ish tutish kerak emas. Tanlangan ofis joyi sizning biznesingizga va unda ishlaydigan odamlar soniga muvofiq bo‘lishi kerak.
Aviapark BM’da ofis binolari erkin tuzilishda ijaraga berilib, bu katta afzallik bo‘lib hisoblanadi, chunki har bir kompaniya o‘zining biznes-muhitini mustaqil ravishda, biznesi uchun kerak bo‘lgan tarzda loyihalashtirishi mumkin.
Markaz hududida turli ofislar joylashgan bo‘ladi: o‘rtacha 36 kv.m. maydonlilardan boshlab nufuzli 2500 kv.m. gacha, loyihaning ijaraga topshiriladigan umumiy maydoni esa 13,4 ming kv m.ni tashkil qiladi.
5-qadam: Munosib xususiyatlarga ega biznes-markazni tanlang
Bugungi kunda biznes-markazlar munosib xususiyatlarni taklif qilib, ular BM sohiblarining hayotini yanada qulaylashtirishga qaratilgan. Misol uchun, Aviapark BM – bu yangi g‘oyaga ega majmua bo‘lib, u unumli ishlash bilan to‘laqonli dam olishni birlashtirishga asoslangan. First Development Group loyihaning konsepsiyasini puxtalik bilan, tijorat binolarini tashkillashtirishda 100 yillik tajribaga ega bo‘lgan, Cushman & Wakefield xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqqan.
Aviapark BM’da xodimlarning samaradorligiga nafaqat binoning funksionalligi, balki tonerli vitraj oynalari ta'sir qilib, buning natijasida ofisingizga har qanday ob-havoda yoqimli tabiiy nur tushib turadi. Qiziqarli ma'lumot: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Janubiy Karolinadan amerikalik olimlar ofisdagi tabiiy yoritish darajasi bilan. Tabiiy nur ko‘p miqdorda bo‘lgan binolarda xodimlar yuqori ishlash samaradorligini namoyon qilishdi.
Xonalarda optimal haroratni ta'minlashga qaratilgan, puxta o‘ylab chiqilgan sun'iy havo hosil qilish tizimi ham ishlash uchun qulay sharoit yaratadi.
Aviapark BM’da hordiq chiqarish uchun ko‘plab xususiyatlar ko‘zda tutilgan: turli fudkortlar, kafeteriy, restoran, fitnes-markaz, launj-zonalar va hattoki kutubxona mavjud. Ularga tashrif buyurish natijasida xodimlar o‘zlarini professional toliqishdan himoya qilish uchun vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Biznes-markazning tomida foydalanish uchun joy mo‘ljallangan. Ochiq havodagi keng hudud bir vaqtning o‘zida ishlash va dam olish uchun muqobil joy bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tasavvur qiling, maxsus jihozlangan tomga ish doirasida uchrashuvga taklif qilgan holda, siz ijobiy taassurot qoldirishingiz aniq.
6-qadam: Pul mablag‘laringizni tejang va to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish kompaniyasidan ijaraga oling
Tez kunlarda Aviapark BM’da ish hayoti jo‘sh urib boshlaydi, bu esa biznes uchun bino tanlashning hozir ayni vaqti degani. Qurilish kompaniyasining o‘zidan ijaraga olishning ahamiyatli ijobiy tomoni shundaki, bu ijara to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri, vositachilarga murojaat qilmagan holda, kelishib olish imkoniyati – bu esa mablag‘laringiz va vaqtingizni sezilarli darajada tejaydi. Buning ustiga FDG developerning o‘zi ham boshqa loyihalarining misolida ishonchli va yuqori sifatli qurilishni isbotlab berdi.
Kompaniya, shuningdek, ijaraga oluvchilar uchun qo‘shimcha bonusni taqdim etadi – ta'mirlash ta'tilidan foydalanish imkoniyati: ofisni ta'mirlash davomida ijara haqi olinmaydi.
Loyiha va qulay to‘lov shartlarini batafsil o‘rganib chiqish, shuningdek, tijorat binosini ijaraga olish bo‘yicha foydali taklifga ega bo‘lish uchun First Development Group kompaniyasining savdo ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Savdo bo‘limining telefoni: (+998) 93−555−50−01, (+998) 93−183−44−55.
Savdo ofisining manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 180.
Mo‘ljal: avvalgi Korzinka.uz «Aviator».
Sayt: aviapark.uz
Telegram: t.me/fdguz
Instagram: instagram.com/fdg_uz
Facebook: fb.com/firstdevelopmentgroup
Reklama huquqlari asosida