Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi vaziyat AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi sababli yomonlashganini aytdi
Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining tez sur'atlarda olib chiqilishi mamlakatdagi vaziyat keskinlashuviga olib keldi. Bunday fikrni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bildirdi.

Foto: Reuters
Uning ta'kidlashicha, AQShning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kutilmagan qaror bo‘lgan, biroq afg‘on hukumati bu qarorni hurmat qiladi.
“AQShning o‘z qo‘shinlarini olib chiqish qarori sababli oxirgi 3 oy ichida kutilmagan vaziyatga to‘qnash keldik. Bunga sabab qarorning to‘satdan qabul qilinishi hisoblanadi”, deb aytgan G‘ani.
Uning aytishicha, u Vashingtonni bunday qarorning ehtimoliy salbiy oqibatlaridan ogohlantirgan.
Afg‘onistondagi vaziyat mamlakatdan AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortida keskinlashdi. Bunga “Tolibon” harakatining faollashuvi sabab hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, toliblar hozirda mamlakat chegarasining 90 foizini nazorat qilmoqda.
Mavzuga oid

00:43
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV

22:02 / 17.03.2025
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi

19:25 / 17.03.2025
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi

18:24 / 17.03.2025