O‘zbekistonga «Pfizer» vaksinasidan 1,2 mln doza olib kelinadi

O‘zbekiston 15:23 / 29.07.2021 5013

29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrifi chog‘ida “Jurabek Laboratories” MChJ qo‘shma korxonasida bo‘ldi. Bu yerda davlat rahbari COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi rejalashtirilgan:

  • “Moderna” — 3 mln doza;
  • “Pfizer/Bio N Tech” — 1,2 mln doza;
  • “ZF-UZ-VAC-2001” — 12 mln doza;
  • “Sputnik V” — 1,7 mln doza.

Shuningdek, 2021 yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 mln 761,5 ming AQSh dollari sarflangani ma'lum qilindi. Shundan o‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 mln 100 ming dollar, “Sputnik V” vaksinasiga 3 mln 681,5 ming dollar va “AstraZeneca” vaksinasiga 1 mln 980 ming dollar sarflangan.

Davlat rahbari vaksina ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishar ekan, xalq uchun emlanish nihoyatda zarurligini ta'kidladi. “Kasallikni yengishning bundan samaraliroq usuli yo‘q”, dedi u.

Uchrashuvda aytilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqilib, Rossiyaning Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Mazkur vaksinani ishlab chiqarish avgust oyi yakuniga qadar yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan

Ko‘proq yangiliklar: