Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Iqtisodiyot 12:28 / 29.07.2021 10991

Yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari to‘plamiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Mazkur qarorlar yuzasidan bugun soat 15:00 da boshlanadigan matbuot anjumanida sharh berilishi ma'lum qilingan.

Regulyatorning asosiy stavkasi so‘nggi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgargan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.

Bir necha kun oldin Markaziy bank YaIM o‘sishi prognozlarini yaxshilagandi. Unga ko‘ra, YaIM o‘sishi yil oxirida 5,8-6,8% atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, boshqa makroko‘rsatkichlar – iste'mol, investitsiyalar, eksport va import hajmlari ham yuqoriroq sur'atlarda o‘sib borishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: