Tailanddagi shahar ko‘chalari yuzlab och qolgan maymunlarga to‘lib ketdi
Ilgari maymunlarga mahalliy ibodatxonalarni tomosha qilgani kelgan turistlar yegulik berardi. Ammo karantin choralari tufayli maymunlar o‘zlari ovqat qidirishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tailandning Lopburi shahri ko‘chalari och qolgan maymunlar bilan to‘lib-toshdi, deb xabar bermoqda TSN.
Xabarda aytilishicha, jonivorlar yo‘llarni to‘sib qo‘ygani sababli avtomobillar aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ilgari maymunlarga mahalliy ibodatxonalarni tomosha qilgani kelgan turistlar yegulik berardi. Ammo karantin choralari tufayli maymunlar o‘zlari ovqat qidirishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qayd etilishicha, shaharda o‘tgan yili ham shunday vaziyat kuzatilgan.
O‘shanda shahar ko‘chalarida 6 mingdan ortiq maymun borligi aytilgan, ammo ularning aniq sonini hisoblashning imkoni bo‘lmagan.
Mavzuga oid

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi

20:27 / 24.02.2025
Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:40 / 12.02.2025