Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 09:22 / 22.07.2021 3578

Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi va Davlat test markazining qo‘shma qarori imzolandi.

Saralash tanlovlari Davlat test markazi tomonidan ochiq katta pavilon (xiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda o‘tkaziladi. 

Har bir fan yo‘nalishida jami 30tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qo‘shimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi. 

Saralash tanlovlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

XTV ma'lumotiga ko‘ra, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga ko‘ra 34 050 nafar iqtidorli o‘quvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: