17 iyul holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 190 million 446 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometer saytida ma'lum qilindi.
Pandemiya boshlanganidan buyon kasallikdan vafot etganlar soni 4 million 94 mingdan oshgan, 173 million 600 mingdan ziyod bemor sog‘aygan.
Sutkalik kasallik yuqtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Indoneziya birinchi o‘ringa chiqdi – mamlakatda o‘tgan sutkada 51,9 mingta yangi holat qayd etildi. O‘tgan sutkada Rossiyada 25,1 ming va Eronda 15,1 ming kishida koronavirus aniqlangan.
Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi – 34,9 million kishi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (31 mln) va Braziliya (19 mln) joylashgan.
Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda – 624,6 ming bemor vafot etgan. Braziliyada 540,5 ming, Hindistonda 413,1 ming bemor ko‘z yumgan.