Surxondaryoda spirtli ichimlik ichgan ota mashina boshqaruvini 12 yoshli o‘g‘liga berib, YPX xodimlaridan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi

Jamiyat 19:27 / 16.07.2021 3275

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida spirtli ichimlik ichgan ota mashina boshqaruvini 12 yoshli o‘g‘liga berib, YPX xodimlaridan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 iyul kuni viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Termiz tumani Amir Temur mahallasi hududida o‘tkazilgan nazorat reydi vaqtida «Damas» to‘xtatilganda mashinani 12 yoshli bola boshqarib kelayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, «Damas» haydovchisi spirtli ichimlik iste'mol qilgani tufayli, yo‘lda harakatlanib kelayotganda YPX xodimlarini ko‘rib, mashina boshqaruvini o‘g‘liga bergan. Mashinada bolaning onasi ham bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, spirtli ichimlik iste'mol qilgan haydovchi otaga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 31-moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 13 va 16 yoshli bolalar «Kamaz» yuk mashinasida g‘isht tashib yurganda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgani xabari berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: