«Bir nechta coliq hisobotlarini kechiktirgan soliq to‘lovchilar jarimaga tortilmaydi» – DSQ

Iqtisodiyot 16:14 / 16.07.2021 12067

DSQ axborot tizimidagi uzilishlar tufayli soliq hisobotlarini kechiktirgan soliq to‘lovchilar moliyaviy sanksiyadan ozod etilishini ma'lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi joriy yil II chorak uchun aylanmadan olinadigan soliq hamda iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini 2021 yil 16 iyulgacha taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga nisbatan jarimalar qo‘llanmasligini bildirdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilar moliyaviy sanksiyalardan JShShIRdan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish va elektr ta'minoti tizimidagi uzilishlar soliq organlarining axborot tizimlari faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi natijasida tizimda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq moliyaviy jarimani hududlar imkoniyatidan kelib chiqib belgilash taklifi bildirilgan edi. Unda soliq organlari tomonidan korxonalarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori bir xil (barcha hududlarda 5 million so‘m) belgilangani, jarima miqdorini hududlar imkoniyatidan kelib chiqib diversifikatsiya qilish kerakligi ilgari surilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: