Antirekord: Rossiyada bir sutkada qariyb 800 kishi koronavirusdan vafot etdi

Jahon 15:02 / 16.07.2021 7677

Rossiyada koronavirusdan vafot etish bo‘yicha sutkalik ko‘rsatkich borasida navbatdagi antirekord qayd etildi. TASSning xabar qilishicha, o‘tgan sutkada 799 kishi vafot etgan.

Bundan bir kun avval vafot etganlar soni 731 nafarni tashkil etgandi.

Sutka davomida 25 704 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 5 mln 907 ming 999 nafarga yetgan. 

Moskva shahrida sutka davomida 5 382 kishida kasallik aniqlangan, 105 bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: