Qashqadaryoda o‘quvchilarning dala ishlariga jalb qilinganiga izoh berildi

Jamiyat 22:25 / 15.07.2021 3633

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qarliq qishlog‘ida dala ishiga jalb qilingan o‘quvchilarning mehnat haqi berilmagani haqida xabar tarqalgan. Ushbu xabarga Muborak tuman Xalq ta'limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, Muborak tumani XTB tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Tumandagi Qarliq qishlog‘i atrofida joylashgan fermerlar va dalada ishlayotgan guruh boshliqlari hamda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, o‘quvchilar yozgi ta'til davrida o‘z xohishiga ko‘ra, ota-onalariga yordam sifatida, ularning nazorati ostida dala ishlariga chiqishgan hamda ularga kelishilgan maoshlari berib borilgan.

Bu borada MFY raislari, maktab direktorlari, ota-onalarga ta'til davrida farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini, ularning kitob o‘qishini, maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport to‘garaklariga borishini ta'minlash to‘g‘risida qaytadan tushuntirish berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: