Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yarim yillik daromadlari miqdori ma'lum qilindi
Yanvar-iyun oylarida davlat budjeti daromadlari 2020 yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.
Moliya vazirligi davlat budjeti daromadlarining 2021 yil 1-yarim yillik ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida davlat budjeti daromadlari 74,9 trillion so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trillion so‘mga (+28,7 foiz) ko‘p bo‘ldi.
Hisobot davrida davlat soliq organlari nazoratidagi tushumlar 61,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga qaraganda 15,5 trillion so‘mga (33,8 foiz) oshdi.
Jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi nazorati ostidagi tushumlar 40,6 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 10,5 trillion so‘mni (35 foiz) tashkil qildi.
1-yarim yillikda bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlar 5,2 trillion so‘mga (52,5 foiz) oshdi va 15 trillion so‘mni tashkil qildi.
Davlat budjetining soliq va bojxona organlari tomonidan nazorat qilinmaydigan tushumlari 6 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘pdir.
Avvalroq, joriy yilning 1-choragida O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 33,9 trillion so‘mni tashkil etgani xabar qilingandi. Bunda xususan, 29,3 trillion so‘m yoki 86,5 foizi soliq tushumlari, 6,5 trillion so‘mi bojxona organlari tomonidan undirilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri kelishi bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bema’ni uydirma». Makron rafiqasini erkak deb atagan ayolni sudga berdi
Jahon | 16:52
-
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Iqtisodiyot | 15:47
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi

16:43 / 21.02.2023