Kosonsoyda sel odamlarni oqizib ketdi, 8 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 16:47 / 13.07.2021 76212

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma'lumot berdi.

«Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan o‘tuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan. 

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.  

Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: