Carrefour xalqaro supermarketlar tarmog‘i o‘zining ilk faoliyat kunlaridan boshlab, birinchilardan bo‘lib plastik paketlardan voz kechgan holda fuqarolarimizga qayta ishlatiladigan sumkalar va qog‘oz paketlar kabi alternativalarni taklif etgan.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolarimiz bu tashabbusni yahshi kutib olib, ongli ravishda ekologik tanlovni amalga oshirgan holda ko‘proq ko‘p marotaba ishlatiladigan eko-sumkalardan foydalanishni afzal ko‘rishmoqda.
Birgina joriy yilning yanvar – iyun holatiga ko‘ra, mijozlar 230 000 ortiq ko‘p marotaba ishlatiladigan eko-sumkalarni xarid qilgan va undan foydalangan.
Ushbu tashabbus davomi sifatida iyul oyida Carrefour Uzbekistan mijozlarni bir marotabalik ishlatiladigan plastik paketlardan foydalanishni kamaytirishga undashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. 3 iyuldan 31 iyulgacha har bir qayta ishlatiladigan sumkalarni sotib olish uchun xaridorlar MyClub ballarini qo‘lga kiritishadi.
“Sayyoramizni sevaylik” aksiyasi doirasidagi ikkinchi tashabbus – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, bu tashabbus fuqarolarni iste'moldan so‘ng plastik idishlar va qopqoqlarni saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun ularni maxsus joyga topshirishga undaydi.
Shu bois, har bir Carrefour do‘konda delfin va Yer sayyorasi haykalchasi yaratilib, u haridorlar tomonidan plastik idishlar va qopqoqlari bilan to‘ldirilib kelinmoqda, shu orqali plastik chiqindilar muammosi ko‘lami va uning hayvonlarga bo‘lgan tahdidi haqida hayratlanarli vizual tasavvur hosil qilingan.
Bu tashabbus orqali tashkilotchilar mijozlar e'tiborini plastik chiqindilarning hayvonlarga va atrof muhitga salbiy ta'siriga qaratishni istadi. Tashabbus yakunida plastik idishlarni va qopqoqlar mas'uliyatli tarzda yo‘q qilinadi, ular atrof-muhitga chiqarib yuborilishining oldi olinadi.
"Carrefour'da biz kelgusida avlodlarimizga toza sayyora qoldirish uchun barqaror hayot, xaridlarning ekologik ahamiyati to‘g‘risida mijozlarimizga ma'lumot berish bizning mas'uliyatimiz deb hisoblaymiz. Mijozlar o‘zlarining kundalik hayotlariga yashil tashabbuslarni tobora ko‘proq tatbiq etishar ekan, bizning maqsadimiz ularga kundalik hayotda barqaror ekologik alternativalarni taqdim etishdir.
Majid Al Futtaim ekotizimining bir qismi sifatida biz barqaror, mas'uliyatli va o‘zini o‘zi ta'minlaydigan kompaniya bo‘lish uchun standart yaratdik. Va rivojlanib borishimiz barobarida, biz o‘z biznesimizni atrof-muhit va ijtimoiy mas'uliyat bilan barqaror rivojlanish va ijtimoiy-korporativ mas'uliyat strategiyamizga muvofiq ravishda olib borish yo‘llarini izlaymiz, shu bilan birga atrofimizdagi jamiyatni yaxshilashga yordam beramiz”, – deydi O‘zbekistondagi Carrefour tarmog‘i bosh menejyeri Gyu Tayeg Kim.
Shu bilan birga, Carrefour supermarketlar tarmog‘i bir oylik ekologik aksiya doirasida o‘zining Facebook'dagi rasmiy sahifasida “Love Our Planet wih Carrefour” mavzusida bolalar o‘rtasida badiiy rasmlar tanlovini ham e'lon qildi. Ota-onalar o‘z sahifasida farzandi chizgan rasmini #LoveOurPlanetwithCarrefour heshtagi bilan joylashtirishmoqda.
Rasmlar 20 iyulga qadar qabul qilinib, 21-30 iyul kunlari Carrefour Qoratosh filialida tanlov jajji ishtirokchilarining kichik fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi va har bir tashrif buyuruvchi o‘zi yoqtirgan rasmga ovoz berishi mumkin bo‘ladi. 31 iyul kuni esa eng ko‘p ovoz to‘plagan rasm muallifi g‘olib deb e'lon qilinib, sovg‘aga ega bo‘ladi.
Majid Al Futtaim 2025 yilga qadar faoliyat yuritayotgan mamlakatlaridagi barcha bizneslarida bir martalik ishlatiladigan plastikdan voz kechish uchun butun korxona va bozorlararo barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqdi.
Barqaror rivojlanish tashabbuslari haqida ko‘proq bilish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring:
Veb sayt: www.carrefouruzbekistan.com
Telegram: t.me/carrefouruzbekistan
Feysbuk: www.facebook.com/carrefouruzbekistan
Instagram: www.instagram.com/carrefouruzbekistan
Reklama huquqi asosida