Urganch shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi 

Jamiyat 17:13 / 08.07.2021 446

«Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Xorazm viloyati transport boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Tezcard MChJ vakili va viloyatdagi jamoat transporti korxonalari rahbarlari avtobuslarda naqd pulsiz, elektron to‘lov tizimini joriy etish masalasini muhokama qilishdi.

Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda Urganch shahridagi, ikkinchi bosqichda viloyatning barcha hududlaridagi jamoat transportida elektron to‘lov tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: