Katta Farg‘ona kanalida 22 yoshli ayolning jasadi uch kundan so‘ng topildi

Jamiyat 21:55 / 08.07.2021 2969

Toshloq tumani «Ko‘lariq» MFY, Beklar ko‘chasida yashovchi 22 yoshli ayol B.M. 4 iyul kuni soat 16:30 larda Katta Farg‘ona kanalining shu tuman «Xonaqa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan.

Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Kun.uzga ma'lum qilishicha, ayol o‘z turmush o‘rtog‘i S.X. bilan janjallashib qolganligi sabab jahl ustida yashash xonadoniga yaqin bo‘lgan Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab yuborganligi dastlabki surishtiruv davomida aniqlangan.

Ayolni topish uchun shu kunning o‘zida maxsus guruh tashkil etilib, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Faqat oradan 3 kun o‘tgachgina, ayolning jasadi suvga tashlagan joydan 200 metr naridan, qum uyumlari ostidan topilgan.

Avvalroq Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston tumanidan o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan 2-sinf o‘quvchisining jasadi 9 kun o‘tib topilgani haqida xabar berilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: