«J.P. Morgan»: 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8 foiz o‘sishga erishadi
Xalqaro bank O‘zbekiston iqtisodiyotining bu yilgi o‘sishini yuqori darajada prognoz qildi.
20 iyun kuni «J.P. Morgan» investitsiya banki «O‘zbekistonning quyosh kabi ko‘tarilishi» nomli tahliliy hisobotini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, respublika so‘nggi 20 yil ichida O‘rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (CEEMEA) mamlakatlari orasida yuqori va barqaror o‘sish sur'atiga erisha olgan sanoqli mamlakatlardan biri bo‘lgan.
Hisobotda O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foiz, 2022 yilda 6,3 foiz o‘sishga erishishi prognoz qilingan. Joriy yilgi iqtisodiy o‘sishga asosan qurilish va sanoat tarmoqlari hissa qo‘shadi.
Qayd etilishicha, 2016 yildan keyin davlat qarzi tez sur'atlar bilan o‘sishi kuzatilsa-da, budjet qonuni bilan davlat qarzining eng yuqori miqdori (YaIMga nisbatan 60 foiz) belgilangani va davlat qarzining 60 foizga yetishi ehtimoli pastligi qayd etilgan.
Kengayib borayotgan joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining asosiy sababi sifatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar ko‘rsatilmoqda.
«J.P. Morgan» prognozlariga ko‘ra, oltin narxi 2022 yilga borib 1 ming 350 dollargacha tushishi mumkin. Shu sababdan, O‘zbekiston joriy operatsiyalari hisobi taqchilligi 2021 yilda YaIMga nisbatan 4,5 foizni, 2022 yilda YaIMga nisbatan 8,5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Ta'kidlanishicha, respublika suveren xalqaro obligatsiyalari narxlari makroiqtisodiy holatning yaxshilanayotganini aks ettiradi. Biroq ichki kapital bozori ko‘lamini kengaytirish, daromadlilik egri chizig‘ini uzaytirish zarurati va norezidentlar uchun mavjud cheklovlar ham qayd etilgan bo‘lib, 2022 yildan ichki kapital bozorida o‘zgarish kutilayotgani ta'kidlangan.
Avvalroq, Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi joriy yilda 4,8 foizgacha, 2022 yilda esa 5,5 foizgacha bo‘lishini prognoz qilgandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi
Iqtisodiyot | 18:46
-
Prezident xorazmlik fermerni faxriy unvon bilan taqdirladi
O‘zbekiston | 18:36
-
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
Jahon | 18:34
-
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 18:28
Mavzuga oid

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:06 / 06.05.2024
Markaziy bank iqtisodiy o‘sish prognozini 5,2-5,7 foizgacha pasaytirdi

21:08 / 31.10.2023
Alis Evans: Ayollarning iqtisodiy faolligini oshiruvchi omil – bu iqtisodiy o‘sish

16:41 / 25.01.2021