Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Harvard Growth Lab mamlakatlarning Iqtisodiy murakkablik indeksi bo‘yicha yangi reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 145 mamlakat orasida 80-o‘rinni egalladi. Taqqoslash uchun, ushbu reytingda Qozog‘iston 84-o‘rinda, Rossiya 94-o‘rinda, Tojikiston 124-o‘rinda, Turkmaniston 126-o‘rinda qayd etilgan.
Garvard universitetining O‘sish laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini e’lon qildi. Ushbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.
Harvard Growth Lab’ning qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida o‘z o‘rnini sezilarli darajada yaxshilab, so‘nggi 5 yil ichida 25 pog‘onaga ko‘tarilgan va 145 mamlakat orasida 80-o‘rinni egalladi.
Reytingda, Turkiya 44-o‘rin, Vetnam 53-o‘rin, Qozog‘iston 84-o‘rin, Rossiya 94-o‘rin, Tojikiston 124-o‘rin, Turkmaniston 126-o‘rinda qayd etilgan. Birinchi uchlikdan Shveytsariya, Yaponiya va Singapur o‘rin olgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, oxirgi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishni namoyish etib, eksport yiliga o‘rtacha 20,5 foizga oshmoqda. Bu mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori. Shu bilan birga, xomashyo resurslaridan tashqari tayyor mahsulotlar eksporti ham yiliga 21,9 foizga o‘syapti.
Besh yil ichida eksportning o‘sishiga o‘rta darajada qayta ishlangan sanoat tovarlari eng katta hissa qo‘shgan. Ishlab chiqarish murakkab bo‘lgan mahsulotlar orasida transport vositalari (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilgan.
O‘zbekiston o‘zining eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qo‘shdi. Bu 2,1 milliard dollar daromad keltirdi va diversifikatsiya hamda raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha strategiya muvaffaqiyatli ekanini tasdiqladi. Ushbu mahsulotlar 2023 yilda aholi jon boshiga 59 dollar daromad keltirgan.
Harvard Growth Lab o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, O‘zbekiston jahon bozorida raqobatbardosh ustunliklarga ega bo‘lgan 162 turdagi mahsulotga ega.
2033 yilgacha iqtisodiy o‘sish prognozlari
2033 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sishi 5,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rin hisoblanadi.
Keyingi o‘n yillikda Tojikistonda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4 foizni, Qirg‘izistonda - 3,9 foizni, Gruziyada - 3,6 foizni, Qozog‘istonda - 3,6 foizni, Armanistonda - 3,3 foizni, Bangladeshda - 3 foizni, Turkmanistonda - 2,7 foizni, Belarusda - 2,4 foizni, Ozarboyjonda - 2,2 foizni, Rossiyada - 1,1 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi kabi kam samarali sohalardan elektronika va mashinasozlik kabi yuqori samarali sohalarga resurslarni yo‘naltirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilishni davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025