Aslida DENA sharbatlari qanday tayyorlanadi?

Jamiyat 12:00 / 08.07.2021 35257

Meva sharbati – sog‘lom ovqatlanishning asoslaridan biri. Ammo sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari orasida qadoqlangan sharbatlarning foydasi va tabiiyligi haqida ko‘pincha bahs-munozaralar bo‘ladi. DENA o‘z mahsulotining to‘liq ishlab chiqarish jarayonini namoyish etish hamda blogerlarning barcha savollariga haqqoniy javob berish orqali sharbat haqidagi yanglish fikrlarni bartaraf qilishga qaror qildi.

Blogerlarga zavod bo‘ylab keng ekskursiya o‘tkazilib, ularga yetilib pishgan mevalarning daraxtlardan uzib olishdan to, DENA sharbatini dasturxonga yetkazishga qadar bo‘lgan barcha texnologik jarayon zanjiri haqida gapirib berildi.

Korxona hududiga mehmonlar bilan bir vaqtda olcha savatlari ortilgan yuk mashinalari kirib keldi. Mazkur mevalar mazali va boy ta'mli olcha sharbatining bosh ingrediyentiga aylanadi. Bu yil olcha hosildorligi ikki baravarga pasayib, narxlar esa deyarli 80% ga oshib ketgan. Shunga qaramay, kompaniya o‘z standartlariga sodiq qolib, arzonroq yechimlarga o‘tmasdan, olcha va boshqa mevalarni sotib olishni davom ettirmoqda.

Ekskursiya olcha yuvish mashinasiga tushirilayotgan sexning darvozalaridan boshlandi.

Olchalar zavodga keltirilganda, ular yaxshilab yuviladi, saralanadi va tozalanadi. So‘ngra, mevalar ularni sharbatga aylantiruvchi jarayonga o‘tkaziladi. Keyin, mevalarning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoluvchi quyiltirilgan pyure olish uchun sharbat tarkibidagi suvning katta qismi bug‘lantiriladi. Bunday shakldagi konsentratlangan pyureni o‘zgarishlarsiz ikki yilgacha saqlash mumkin. Bu zaxiralar meva mavsumidan keyin ham sharbat ishlab chiqarish imkonini beradi.

Blogerlarga sharbat ishlab chiqarish uchun mevalarning aksariyat qismi mahalliy dehqon-fermerlardan sotib olinishi, tropik mevalar esa shu mevalar serob bo‘lgan boshqa mamlakatlardan quyiltirilgan sharbat yoki pyure shaklida import qilib olib kelinishi haqida so‘zlab berildi.

Pyureni qaytadan sharbatga aylantirish uchun, avvalroq bug‘lantirib yuborilgan suyuqlik miqdorini tarkibga qaytarish va shakar qo‘shish kerak. Ushbu jarayonni texnolog behi misolida yaqqol ko‘rsatib berdi. Avval, blogerlar quyuq konsentratlangan pyureni tatib ko‘rishdi. So‘ngra mutaxassis ularning ko‘z o‘ngida pyure nisbatini hisoblab, sharbatni tiklab ko‘rsatdi. Hosil bo‘lgan rohatbaxsh sharbat barchaga tarqatildi.

Taklif qilingan blogerlar orasida, onalar ham bor edi. Yorqin qadoqli va zavqli qahramoni bor Denazavrik nomli bolalar sharbati ham ularning e'tiboridan, tabiiyki, chetda qolmadi. Korxona direktori Sherzod Kuryazov bolalar sharbati bilan bog‘liq barcha savollarga shaxsan javob berdi. Jumladan, ushbu sharbatlarda konservantlar, sun'iy hid beruvchilar, shirinlatgichlar va rang beruvchilar yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi. Bolalar uchun sharbatlar yosh iste'molchilarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan holda uch yoshdan so‘ng tavsiya qilinadi va maxsus talablar doirasida ishlab chiqariladi.

“Biz go‘yo o‘zimiz va oilamiz uchun sharbat tayyorlaymiz, so‘ngra uni boshqalar bilan baham ko‘ramiz. Biz o‘z mahsulotimizni xotirjam o‘z farzandlarimizga bera olamiz va uni o‘zimiz ham huzur bilan ichamiz”, - ta'kidlaydi korxona rahbari.

Shuningdek, blogerlarga DENA sharbatlarini germetik qadoqlash xususiyatlari haqida so‘zlab berildi. Qutiga quyilishdan oldin sharbat tez qizdirilib, keskin sovitilishi bilan undagi vitaminlar saqlab qolinishi, mikroblar esa yo‘q qilinishi haqida aytildi. Olti qatlamdan iborat qadoq esa nur va havo o‘tkazmasligi bilan bu mahsulotni xona haroratida bir yil saqlash imkonini beradi. Ammo quti ochilgandan so‘ng, u faqat muzlatkichda saqlanishi lozim.

Ekskursiya so‘ngida mehmonlarning sharbat sifati borasida barcha savollariga javob berildi. Jumladan, barcha qadoqlangan sharbatlar olma va qovoq etidan yoki mevali kukunlardan tayyorlanadi degan anglashilmovchiliklarga chek qo‘yildi.

“Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz – bu, oilamiz va iste'molchilarimiz uchun bir vaqtning o‘zida mazali, sog‘lom va tabiiy ichimliklar ishlab chiqarishdan iboratdir”, - deya ishlab chiqaruvchilar ekskursiyaga yakun yasadilar.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: