Samarqandda «Lada Largus» «Mersedes» bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi, yana ikki kishi jarohatlandi

Jamiyat 20:20 / 06.07.2021 2286

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida «Lada Largus» mashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan, yana ikki kishi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bugun 6 iyul kuni ertalab soat 5:00larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumanidan o‘tgan 27-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Xorazm viloyatida yashovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi «Lada Largus» mashinasi bilan Xorazm-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotib o‘zidan oldinda ketayotgan Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Mersedes» yuk mashinasining orqa tomoniga urilgan.

Oqibatda «Lada Largus» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 52 hamda 25 yoshli fuqarolar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana ikki kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasiga «Lada Largus» mashinasi haydovchisining uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: