Qashqadaryoda “svet” yo‘qligi sabab “Afrosiyob” yo‘lini to‘sganlarga jazo tayinlandi

Jamiyat 17:54 / 06.07.2021 14999

Kun.uz Qashqadaryo viloyat sudi axborot xizmati vakili Farhod Tilavovdan olgan ma'lumotga ko‘ra, JIB Chiroqchi tuman sudining 2021 yil 28 iyundagi qaroriga asosan, jami 13 kishi MJtKning 113 (temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish) va 201-moddalari (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Fuqarolarning 9 nafariga 15 sutka ma'muriy qamoq, keksa yoshli 4 nafariga BHMning 7 baravari (1 mln 715 ming so‘m)dan jarima jazosi tayinlangan.

15 sutka qamoq jazosi olgan 9 nafar fuqaro qarordan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati kiritgan. 2 iyul kuni ish Qashqadaryo viloyat sudida apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan, biroq shikoyat qanoatlantirilmay, birinchi instansiya sudi qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Eski Anhor mahallasi aholisi elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlardan norozi bo‘lib, joriy yilning 7 iyun kuni «Ayratom» bekati qismida temir yo‘lni yopib qo‘ygan va bu bilan muammoga Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayevning e'tiborini qaratmoqchi bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: