Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy safarbar qilinadi
Rahmon Tojikiston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday topshiriq bergan.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzoga tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilish topshirig‘ini berdi.
Xabar qilinishicha, Rahmon Tojikiston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday topshiriq bergan.
«Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida siyosiy vaziyat keskinlashganini e'tiborga olib, davlat rahbari xavfsizlik kengashi a'zolariga, kuch ishlatish tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga davlat va tojik-afg‘on chegarasidagi millat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirig‘ini berdi», degan RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.
Avvalroq 5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati jangarilari bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan.
Afg‘oniston hukumatining 1037 nafar harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025