Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida «Tiko» mashinasi kanalga ag‘darilib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 5 iyul kuni soat 8:00larda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanalga «Tiko» mashinasi tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelgan.
Mazkur xabar yuzasidan viloyat FVB suvda qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ma'lum bo‘lishicha, mashina salonida faqatgina haydovchi bo‘lgan. U yengil tan jarohatlari bilan cho‘kayotgan avtoulovdan o‘z vaqtida chiqib olgan.
Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida bir necha daqiqalardan so‘ng mashina suvdan olib chiqilgan.