Qozog‘iston poytaxtida Nursulton Nazarboyevga haykal o‘rnatildi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ta'kidlashicha, Nazarboyev xatar va vayrongarchiliklarga to‘la davr sharoitida odamlarga o‘z kuchiga va ertangi kunga ishonch bera oldi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosimda qatnashdi. Haykal yaqinda ochilgan Nur-Sulton park hududida joylashgan, deb xabar berdi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, To‘qayev Nazarboyevning davlatchilik asoslarini shakllantirish, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, global inqirozlarni bartaraf etish, mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qo‘shgan alohida hissasini qayd etdi.
Qozog‘iston prezidentining ta'kidlashicha, Nazarboyev xatar va vayrongarchiliklarga to‘la davr sharoitida odamlarga o‘z kuchiga va ertangi kunga ishonch bera oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatning siyosiy va iqtisodiy yutuqlari asosida Qozog‘iston birinchi prezidentining uzoqni ko‘ra bilgan tashabbuslari yotadi.
Bu Nazarboyevga o‘rnatilgan birinchi haykal emas. 2020 yil iyulda respublika poytaxtidagi milliy mudofaa universitetida Nazarboyevning haykali o‘rnatilgandi. Bundan tashqari, poytaxtdagi aeroport, bir nechta ta'lim muassasalari, shaharlardagi ko‘chalar, park va maydonlar uning nomi bilan ataladi. 2019 yilda respublika poytaxti nomi Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgartirilgan.
Mavzuga oid

11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?

21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi

19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida

16:27 / 03.01.2025