O‘zbekiston | 10:54 / 01.07.2021
1728
2 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda fuqarolarni konga ishga kiritishni va'da bergan firibgar ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati» AJ ishchisi A.I. firibgarlik jinoyatini sodir etayotganda ushlangan.

U, J.R. va yana 3 nafar fuqaroni «Kalmakir» koniga ishga kiritib qo‘yish evaziga, oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollaridan avans sifatida 1 600 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid