Qashqadaryoda g‘alla o‘radigan kombayn yonib ketdi

Jamiyat 13:27 / 29.06.2021 3022

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida g‘alla o‘radigan kombayn yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 28 iyun soat 15:18 larda Muborak tumani Qoraqum mahallasi hududining ochiq yer maydonida harakatlanib borayotgan «KOSONAGROGLOBAL» MChJga qarashli 2009 yilda ishlab chiqarilgan «Case – 5088» rusumli g‘alla kombaynida yong‘in yuzaga kelgan.

Soat 15:53 lar atrofida voqea joyiga Muborak tumani FVBdan 1 ta va «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘limi 24-Yong‘in qutqaruv qismidan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. O‘t o‘chirish bo‘linmalari soat 16.10 larda to‘liq o‘chirgan. 

Qayd etilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va u yetkazgan moddiy zarar o‘rganilmoqda. Yong‘in oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Kombayn esa butunlay yaroqsiz holga kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: