«Ipak Yo‘li» bank: onlayn identifikatsiya yanada osonlashdi!

Jamiyat 16:00 / 29.06.2021 3905

O‘zbekistonda ilk bora va hozircha faqat «Ipak Yo‘li» mijozlari MyID servisi yordamida masofadan turib identifikatsiyadan o‘tishlari mumkin.

MyID – bu biometrik identifikatsiya tizimi bo‘lib, O‘zbekistondagi ishonchli va oddiy, masofadan turib identifikatsiyadan o‘tish usuli sanaladi.

U sanoqli soniyalarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxalari yoki fotosuratlarni taqdim etmasdan masofadan turib identifikatsiyadan o‘tish imkonini beradi.

«Ipak Yo‘li Mobile» ilovasida MyID orqali identifikatsiyadan o‘tish mahfiy va xavfsiz.

«Ipak Yo‘li Mobile» ilovasining IDeNTIFIKATsIYaDAN O‘TMAGAN, «Ipak Yo‘li» bankida hisobiga ega bo‘lgan foydalanuvchilariga, MyID telefon orqali biometrik identifikatsiyadan onlayn o‘tib, IDeNTIFIKATsIYaDAN O‘TGAN foydalanuvchilarga aylanish imkonini taqdim etadi.

Masofadan turib MyID orqali identifikatsiyadan o‘tish tizimi Android foydalanuvchilari uchun beta-rejimda yo‘lga qo‘yildi.

Muhim:

  • MyID «Ipak Yo‘li Mobile» ilovasining yangilangan versiyasida mavjud;
  • MyID tugmasini «Profil» bo‘limidan izlang;
  • O‘tganingizdan keyin MyID ilovasini o‘rnatishingiz kerak va bemalol identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha kun-u tun ishlaydigan aloqa markazi orqali murojaat qilish mumkin: +99878 1406900

Telegram-operatori: @IpakSupport

Batafsil: ipakyulibank.uz/pages/ipak-yoli-mobileda-identifikatsiya

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: