Qashqadaryoda uyida kannabis va ko‘knor yetishtirayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 14:13 / 28.06.2021 1963

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashash xonadonida 18 tup kannabis va 95 tup ko‘knor yetishtirayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 iyun kuni soat 17:00larda Shahrisabz tumani IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda tumanning «Qo‘shqanot» MFYda yashovchi X.N. hovlisida giyohvand moddalar o‘stirayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, X.N.ning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 18 tup kannabis va 95 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib, parvarish qilib kelayotgani ma'lum bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: