Pora bilan qo‘lga tushgan Buxoro viloyat DSENB boshlig‘i 3 yilga qamalgani ma'lum bo‘ldi
Qambar Rasulov karantin qoidalariga rioya qilinmagani holati yuzasidan ichki ishlar organi rasmiylashtirgan bayonnoma bo‘yicha fuqaroga jarima tayinlamaslik evaziga 400 dollar va 500 ming so‘m naqd pullarni o‘z xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangandi.

2020 yilning 7 noyabr kuni Buxoro viloyati Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Qambar Rasulov pora bilan ushlangan edi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudining 2021 yil 9 fevraldagi hukmi bilan, R.Qambarovga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan 3 yilga mahrum etilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ta'kidlanishicha, Q.Rasulovga tergov organi tomonidan JKning 210-moddasi 2-qismining “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan e'lon qilingan ayblov shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismiga ko‘ra pora olish, ya'ni mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi 50-100 BHM miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi

10:24 / 02.12.2024