27 iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
«Bugun, 27 iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan «KASBI YoG‘» MChJga qarashli korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:43da voqea joyiga yetib borib, soat 15:28da yong‘in o‘rab olingan va soat 16:05da batamom o‘chirilgan.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida korxonaning asosiy qismi yong‘indan saqlab qolingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.