Chiroqchida 25 yoshli yigitning jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 14:57 / 27.06.2021 3817

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 25 yoshli yigitning jasadi topilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 iyun kuni ertalab soat 8:00larda Chiroqchi tumani «Langar» MFYga qarashli To‘raqul qishlog‘ida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Jaloliddin Norxo‘jayevning pichoqlangan jasadi topilgan.

Murda ko‘krak qismiga bir necha marta o‘tkir jism – pichoq bilan jarohatlangan holda uyi yaqinidan topilgani aytilmoqda. Kun.uz manbasining xabar berishicha, marhumning cho‘ntagidagi pullariga tegilmagan, telefoni esa topilmagan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, marhum yigit mahalliy san'atkor bo‘lgan hamda shu qishloqning chekkasida do‘kon yuritgan. Uni hamqishloqlari so‘nggi marta 25 iyun kuni kechki 23:00larda ko‘rishgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB tomonidan qonunchilikda belgilangan moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Marhumga ekspertiza tayinlanib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tez orada hodisa haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: