Islandiya Yevropada birinchi bo‘lib barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda

Jahon 23:18 / 25.06.2021 4666

Islandiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli  joriy etilgan barcha karantin choralarini bekor qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottirning so‘zlariga ko‘ra, Islandiya karantin choralari bekor qilingan Yevropadagi birinchi davlat bo‘ladi.

Uning ma'lum qilishicha, cheklovlar 26 iyundan bekor qilinadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 87 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Islandiyada 6637 kishi kasallikka chalingan, 30 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: