Ipak Yo‘li Mobile'da Visa Direct orqali komissiyasiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin

Jamiyat 12:00 / 25.06.2021 7743

Bank xizmatlari foydalanuvchilarida boshqa mamlakatlardagi do‘stlari yoki yaqinlariga o‘tkazmalar yuborish zarurati tez-tez paydo bo‘lib turadi. Oldin buning uchun bank ofislarining begim kunlari va ish vaqtida Bank filiallaridan biriga borish hamda pul o‘tkazmasini yuborish uchun navbatlarda turish kerak edi.

«Ipak Yo‘li» banki Visa Direct servisi – Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi orqali VISA xalqaro kartalaridan real vaqtda to‘lovlarni amalga oshirish tizimi ishga tushirilganini ma'lum qiladi.

Visa Direct xizmati yordamida bank mijozlari – Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi foydalanuvchilari VISA kartalaridan kunning istalgan vaqtida va har kuni pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

Qarindoshlaringizga yoki do‘stingizga pul yuborish istagida bo‘lishingizdan qat'i nazar, butun dunyo miqyosidagi to‘lov tarmog‘i – Visa Direct yordamida pullarni tez, oson va xavfsiz o‘tkazish imkoniyatiga egasiz.

Shuningdek, yangi xizmat ishga tushirilishi munosabati bilan «Visa Direct komissiyasiz o‘tkazmalari» aksiyasiga start berildi, u 2021 yil 1 sentyabrgacha amal qiladi. Bu vaqt oralig‘ida «Ipak Yo‘li» banki Visa Direct orqali o‘tkazmalar uchun komissiya olmaydi.

Ipak Yo‘li Mobile ilovasidan foydalaning va istalgan paytda siz Visa Direct'dan tezkor komissiyasiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz!

Ipak Yo‘li Mobile'ni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: onelink.to/d37evh

Batafsil: ipakyulibank.uz/physical/visa-direct-nima

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: