Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada fuqaroning uyi yonib ketdi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqarolardan biriga tegishli xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 24 iyun kuni soat 16:45da Toshkent viloyati FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga Zangiota tumani «Eshonguzar» MFY, Sharq Yulduzi ko‘chasi 15-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, soat 16:51da voqea joyiga 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji yetib borib, soat 17:06da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:41da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 200 metr kvadrat maydonida tom va shift qismi yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohatlari olmagan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil parlamenti O‘rdun daryosi g‘arbiy sohilini anneksiya qilishni ma’qulladi
Jahon | 22:44
-
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?
Jamiyat | 21:50
-
Endigina diplom olganlarga qaysi sohalarda yuqori maosh taklif etiladi?
Jamiyat | 20:56
Mavzuga oid

12:23
Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi

09:26 / 21.07.2025
Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:32 / 20.07.2025