Minerva City qoldirilgan parvozlarning o‘rnini to‘ldirish va dam olish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Xonadon sohibi bo‘lib, serquyosh Dubayga yorqin taassurotlar ortidan uchib ketishga tayyor bo‘lgan xaridorlar soni kompaniya kutgandan ham ko‘p bo‘ldi. Bunday imkoniyat aksiya doirasida xonadon xarid qilganlarning hammasiga taqdim qilindi.
Fors ko‘rfazi sohilidagi serquyosh shaharda kunlarini unutilmas tarzda o‘tkazish uchun barcha tayyorgarliklar qilingan. Arab amirligini zabt etish uchun ketishiga ham kam fursat qoldi. Xursandchilik bilan aytish mumkinki, Minerva City sotuv ofisi xodimlari xaridi kutilganidan ham yaxshi bo‘lganligini ta'kidlashmoqda.
MJ Developers kompaniyasi xaridorlarning taassurotlari va fikrlari bilan tanishing.
Xaridor D.Yarmatova:
– Minerva City'dan ikkinchi marotaba uy xarid qildik. Bizga loyiha juda yoqadi, har doim sotuv bo‘limiga kelganimizda bizni tabassum bilan kutib olishadi. Xaridorlarga e'tibor juda ham katta. Yaqinda Dubay uchun aksiya e'lon qilishganini eshitib, ikkinchi uyni ham xarid qilish istagi paydo bo‘ldi. Hozirda Dubayga ketish uchun hozirlik ko‘ryapmiz. Kompaniya xodimlariga rahmat.
Xaridor D.Almatova:
– Qizim juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda bo‘ladi. Yaqinda Sergeli atrofida hovli qidirib yurganimizda Minerva City tomon kelib qoldik va atrofi reklama bannerlari bilan o‘ralgan qurilishga ko‘zimiz tushdi. Juda katta maydonni qamrab olgan loyiha bizni o‘ziga jalb qildi. Sotuv bo‘limiga kirdik va barcha loyihalar bilan tanishib chiqdik. Eng ma'qul bo‘lgani bu – Minerva City xonadonlari bo‘ldi. Loyihaning o‘ziga xosligi, shahar ichida shaharni qamrab olgani juda-juda e'tiborli. Biz xonadon xarid qilganimizda Dubay aksiyasi bo‘layotganligi haqida sotuv bo‘limi xodimi ma'lum qildi hamda bundan juda quvondik.
Xaridor A.Yarashova:
– Shahar bannerlarida Minerva City'ni ko‘p ko‘rganmiz. Reklama roliklarida namoyish qilingan bu shahar ichidagi loyiha e'tiborimizni tortib, sotuv ofisiga keldik. Bu yerda juda iliq kutib olishib, yaxshi tushuntirib berishdi. Barcha loyihalar bilan tanishdik. Xonadon xarid qilganlarga Dubayga borish uchun yo‘llanma ham berilayotgan ekan, yana 6 yulduzlik mehmonxonalarga, bu juda ajoyib! Biz ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan xonadon xarid qildik va oilamiz bilan dam olishga ketamiz. Bunday imkoniyatni taqdim etgan kompaniya xodimlaridan minnatdormiz.
Xaridor M.To‘lqinov:
– Qashqadaryodan keldim. Uy olish maqsadim bor edi. Faqat shahar markazidan uy qidirib yurgan edim, negadir shovqindek tuyuldi, tabiatli joy bormikin deb qidira boshladim. Yangihayot tumanida qurilayotgan shahar ichidagi shahar loyihasi, ya'ni Minerva City haqida aytib qolishdi. Yaqinda do‘stlarim aynan o‘sha yerdan uy olishgan ekan. Yashil hududlarining ko‘pligi, golf maydonlarining bo‘lishi e'tiborimni tortdi va loyiha bilan tanishib chiqdim. Uning ichida hamma sharoitlari bor ekan. Bu kelajakda juda yorqin loyiha bo‘lishiga hech shubham yo‘q, bo‘ldi, sotib olaman dedim. «Dubayga ketishingiz uchun chipta» deb taqdim qilishganida, albatta, xursand bo‘ldik. Bu xalqaro investitsion kompaniyaning mijozlarga qilayotgan ajoyib tuhfasi deb o‘ylayman.
Xaridor E.Jumaniyozov:
– Menga loyihalarning yoqqan tarafi ular butunlay shahar formatini eslatmaydi. Yashillik (tabiat, suv) bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilingan. Tasavvur qiling, ishdan charchab keldingiz, uyga kelish yo‘lida ajoyib favvoralar, yashil daraxtlar, hattoki katta ko‘l bo‘ladi. Uyga kirguncha charchog‘ingiz chiqadi va ertalab oilangiz bag‘ridan kulib chiqasiz va yana yaxshi kayfiyatda qaytasiz. O‘zbekistondagi loyihasining 60 foizi yashillik bilan qoplangan, 100 million dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritayotgan, qo‘rqmay katta hududlarga loyiha bunyod etayotgan birinchi kompaniya MJ Developers kompaniyasi bo‘lsa kerak. Hali bitsa, o‘z ko‘zimiz bilan ham ko‘ramiz, nasib. Oilam bilan birga chet el safariga chiqishdan baxtiyorman va Dubay safari bizga unutilmas taassurot berishiga ishonaman.
Eslatib o‘tamiz, Minerva City'dan xonadon sotib olgan xaridorlar, Dubaydagi 6 yulduzli mehmonxonada dam olish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu mehmonxona haqidagi qiziqarli faktlar.
Atlantis The Palm Dubai – bu Palma Jumeyra sun'iy orolidan joy olgan, 2008 yilda ochilgan birinchi kurort mehmonxona. U oroldagi eng katta mehmonxona hisoblanadi.
Mehmonxonadagi ikkita suvosti lyukslariga Poseydon va Neptun afsonalari nomi berilgan. Ularning har biridan dunyodagi eng katta akvariumlardan biriga qaraydigan panoramali derazalar mavjud.
Qolganlari haqida gapirishga hojat yo‘q – xonadon egalari bevosita bularning shohidi bo‘lishi mumkin!
MJ Developers kompaniyasining bu galgi aksiyasida qatnasha olmagan bo‘lsangiz, xafa bo‘lmang. Hali sizni yorqin hamkorliklar kutmoqda.
Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, O‘zgarish qo‘rg‘oni, Alisher Navoiy massivi.
Telefon: 1145
Veb-sayt: minervacity.uz
Facebook: fb.com/minervacityuz
Instagram: @minervacityuz
Telegram: t.me/themjdevelopers
Telegram-bot: @mjdevelopers_bot
Reklama huquqi asosida