Sirdaryoda Nexia-3, «Jiguli» va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat 09:57 / 23.06.2021 4071

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 iyun kuni soat 12:15da M34 Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani «O‘zbekiston» MFY hududidan 100 kilometrda Nexia-3, «Jiguli» va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

1987 yilda tug‘ilgan xaydovchi F.F. «Jiguli VAZ-2106» mashinasida qayrilib olayotgan vaqtida ortidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug‘ilgan A.Sh. Isuzu yuk mashinasi ort qismiga urilgan va boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan. Zarb natijasida VAZ-2106 avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chikib ketib, ro‘paradan kelayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan xaydovchi D.B. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transporti oqibatida «Jiguli VAZ-2106» xaydovchisi F.F. hamda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan K.B.lar miya lat yeyishi, SAK, burun suyagi ochiq sinishi, «postravmatik shok» tashxislari bilan turli darajadagi tan jarohatlari olib, Sirdaryo tumanidagi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasiga Isuzu yuk mashinasi haydovchisi qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, oraliq masofasini saqlamagani sabab bo‘lgan. Hodisa yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: