Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shevchenkoning «Aral samali»da rasman ish boshlashi yuzidan rasmiy ma'lumot berildi

Kecha Pro liga 12-turi doirasidagi «Aral samali» - «Dinamo» (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdiyev g‘alabali o‘yin haqida fikrlarini bildirib, jamoani o‘yinlarga tayyorlayotgan murabbiy Shevchenkoning klubda qachondan rasman ish boshlashi haqida gapirgandi.
Shundan keyin «Aral samali» telegramining rasmiy sahifasida quyidagicha ma'lumot berildi:
«Aral samali» - «Dinamo» o‘yinidan keyin klub bosh murabbiyi Timur Turdiyevga berilgan savollarni qanday jurnalist bergani bizga qorong‘u. Nimaga asoslanib bunday savollarni bergani ham noma'lum. Hozirda jamoaning bosh direktori va murabbiyi Timur Turdiyev. Klubga murabbiy kelishi hozircha noma'lum. Jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rinish bergan Shevchenko bilan «Aral samali» shartnoma tuzmagan. Shuning uchun jamoani o‘yinlar uchun Timur Turdiyev va yordamchi murabbiy Azamat Babajanov tayyorlab bormoqda», - deyiladi izohda.
Eslatib o‘tamiz, Timur Turdiyev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Shevchenkoning Mehnat vazirligi bilan bog‘liq muammolari borligi, bu bartaraf qilinsa, birga faoliyat olib borishi mumkinligi haqida aytgandi.
«Aral samali» bosh murabbiyiga esa mahalliy jurnalistlarning biri Shevchenko haqida savol bergandi. Kun.uz'ga ham Shevchenkoning klubga kelishi haqidagi savol nimaga asosan berilgani noma'lum.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?

18:38 / 05.01.2024