“Avto 60-oy”dan jabr ko‘rganlarga pullari qaytarilmoqda

Jamiyat 21:14 / 19.06.2021 18150

“Avto 60-oy” MChJ mansabdor shaxslari J.Bahodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan.

MIB axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda ishchi guruhlarga 2 144 nafar fuqaro murojaat qilib, o‘zlariga tegishli hisobraqamlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishgan.

Shuningdek, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan fuqarolarga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisobraqamlariga o‘tkazilishi ma'lum qilinmoqda.

Shu sababli, jamiyatdan jabr ko‘rgan fuqarolarning aksariyati viloyatlarda yashashini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan MIB hududiy boshqarmalariga (dushanba-juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar) murojaat qilishlari so‘raladi.

Ko‘proq yangiliklar: