Sobyanin Moskvada koronavirus yuqtirganlarning qariyb 90 foizida hindcha shtamm aniqlanganini aytdi

Jahon 20:48 / 18.06.2021 6618

Moskvada koronavirus yuqtirganlarning qariyb 90 foizida hindcha shtamm aniqlandi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma'lum qildi.

«Biz olgan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus yuqtirganlarning 89,3 foizida hindcha shtamm aniqlangan», — dedi Sobyanin.

Merning so‘zlariga ko‘ra, virusning bu turi boshqa shtammlarga nisbatan tajovuzkor va juda tez tarqaladi.

«Biz koronavirusga qarshi kurashish uchun deyarli har kuni yangi shifoxona, yangi korpuslarni ishga tushiryapmiz va zo‘rg‘a ulguryapmiz», — dedi u.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 18 iyun kuni Moskvada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 9056ta holat aniqlangan. Kasallik yuqtirganlar soni 1,269 mln nafardan oshgan.

Shaharda yangi cheklov choralari joriy etildi. Bundan tashqari, Moskvada xodimlarning 60 foizi koronavirusga qarshi majburan emlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: