Andijonda elektromobil zavodi quriladi - prezident

Iqtisodiyot 19:15 / 17.06.2021 30803

Andijon viloyatida ham elektromobillar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodi quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahri tamal toshi qo‘yilishiga oid tadbirda e'lon qildi.

«Xitoy tajribasini o‘rganamiz, Andijonda elektromobillar zavodini quramiz. Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham elektromobillar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. «Shaffof omadli sanoat» MChJ tomonidan Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarishni tashkil etish muddati 2022 yilning 1 oktabr kuni etib belgilangan, bu yerda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo‘lishi va'da qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: