Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki bozorga meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi
Toshkent shahridagi ikkita bozorda tajriba tariqasida kuniga qancha miqdor va narxda meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari olib kelinishi haqidagi ma'lumotlar jamlangan dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi.

Bir oy muddatda poytaxtdagi «Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori» hamda «Eski Juva dehqon bozori» hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini o‘z ichiga olgan dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi.
Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jamshid Qo‘chqorov raisligida fermer xo‘jaliklari, eksportyorlar va dehqon bozorlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ma'lum qilindi.
Ichki iste'mol bozoriga meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishga oid muloqotda ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot orqali bozor hududiga kunlik kelgan meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari turi, miqdori, ularning narxi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida doimiy e'lon qilib borilishi belgilandi.
Shuningdek, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari narxlari ko‘tarilishi va unga ta'sir etgan omillar haqida Davlat statistika qo‘mitasida doimiy brifing o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda ichki va tashqi bozorni meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta'minlashdagi asosiy muammo – ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida onlayn ma'lumot almashuvi yo‘q. Shu bilan birga, ichki iste'mol bozorida talab va taklif o‘rtasida muvozanatni saqlash, mahsulot yetishtiruvchi va xaridorlarni ulgurji bozorlarda kunlik shakllanayotgan narxlar bilan doimiy xabardor qilib borish bo‘yicha yangicha tizim yaratish va amaliyotga joriy etish zarur.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
-
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi
O‘zbekiston | 16:53
-
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

08:33 / 10.06.2025
Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi

13:08 / 24.02.2025
Polsha yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtiradi

16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin

14:51 / 13.01.2025