Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

O‘zbekiston 07:55 / 15.06.2021 23288

Adliya vazirligi bu yil qaysi oliy ta'lim muassasalari filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochilishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida: 

  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi; 
  • Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi;
  • Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi;
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi;
  • “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o‘z faoliyatini boshlaydi;
  • Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obektlarini asrash fakultetlari ochiladi.
Ko‘proq yangiliklar: