Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi

O‘zbekiston 12:13 / 14.06.2021 8725

“Bu haftada Toshkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar,  ertaga oliy ta'lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, 15 iyun kuni prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari mo‘ljallangan”, – dedi Sherzod Asadov o‘z nutqida. 

Ma'lumki, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tatariston poytaxti Qozon shahriga borgani va u boshliq delegatsiyani prezident Minnixanov shaxsan kutib olganini bildirgan edi. Uchrashuv davomida zamonaviy shaharsozlik masalalari, xususan raqamlashtirishni joriy qilishda Qozon tajribasi o‘rganilgan.

Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifida ham ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: