O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

O‘zbekiston 07:49 / 14.06.2021 4423

Shu jumladan, aholi orasida 24 mln 795,4 ming abonent qayd etilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 mln 424,1 mingtaga oshgan.
 
Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta'minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda. 

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni quyidagicha:

  • 2019 yil 1 aprel - jami 21 960,2 ming, aholida 21 331,2 ming;
  • 2020 yil 1 aprel - jami 24 316,7 ming, aholida 23 371,3 ming;
  • 2021 yil 1 aprel - jami 26 953,5 ming, aholida 24 795,4 ming.
Ko‘proq yangiliklar: