Jahon banki shaharlarni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi

O‘zbekiston 08:42 / 14.06.2021 4465

O‘zbekistonning ikki janubiy viloyatidagi shaharlar «O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasi doirasida o‘z xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilashi mumkin. Jahon banki direktorlar kengashi loyihaning ushbu komponentini amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratishni tasdiqladi. Jahon banki guruhi a'zosi bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi uni O‘zbekiston hukumatiga juda past foizda va 30 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kredit shaklida taqdim etadi.

Qo‘shimcha moliyalashtirish Jahon banki moliyaviy ko‘magi bilan 2019 yildan buyon Buxoro (Kogon shahri), Namangan (Chortoq shahri), Toshkent (Yangiyo‘l va Pskent shaharlari) viloyatlarida amalga oshirilayotgan loyihaning geografik ko‘lamini kengaytiradi.

Loyiha yangi komponenti bo‘yicha tadbirlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining alohida o‘rta shaharlarini qamrab oladi. Mamlakat ushbu qismidan loyihada ishtirok etadigan shaharlar yakuniy ro‘yxati viloyat va shahar ijro hokimiyatlari bilan maslahatlashuvlar tugaganidan so‘ng keyingi 6 oy ichida tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari va imkoniyatlari hisobga olinadi.

Ushbu ikki viloyatda loyihada ishtirok etadigan o‘rta shaharlar maxsus investitsion rivojlanish dasturlarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun mablag‘ oladi. Ular tarkibiga shahar infratuzilmasi va tegishli xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kiradi.

Masalan, ushbu dasturlar doirasida quyidagilar moliyalashtirilishi mumkin: 

  • suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish va kengaytirish; 
  • elektr infratuzilmasi va ko‘chalarni yoritish, avtomobil yo‘llari, piyodalar va jamoat transporti zonalarini modernizatsiya qilish; 
  • jamoat binolari energiya samaradorligini oshirish; 
  • jamoat joylarini, bog‘larni, ko‘chalarni va ularning tegishli infratuzilmasini rekonstruksiya qilish; 
  • tegishli aholi punktlari hududida madaniy meros obektlarini saqlab qolish bo‘yicha restavratsiya ishlarini olib borish.

Loyiha doirasida tegishli shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha investitsion dasturlar yuqori ekologik standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Shuningdek, u jamoat joylarining hammaga, jismoniy imkoniyatlaridan qat'i nazar har bir kishiga ochiq bo‘lishini ta'minlaydigan to‘siqsiz muhit yaratishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: