ERIELL Group: 17 yil davomida neft servisi bozorida

Jamiyat 17:30 / 14.06.2021 6570

ERIELL kompaniyalar guruhi 17 yil davomida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. O‘z faoliyatini Bo‘zaxo‘r nomli konda burg‘ulash uskunasini o‘rnatishdan boshlagan kompaniya shu yillar mobaynida beqiyos muvaffaqiyatlarga erishdi. Asta-sekin kengayib, ERIELL Group 8 mingtadan ziyod yuqori darajali mutaxassislarni birlashtirgan O‘zbekistonning yirik neft xizmatlari kompaniyasiga aylandi.

Bugungi kunda o‘zining yo‘nalishli xizmatlarini Rossiya, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va boshqa mintaqalarda taqdim etib kelayotgan kompaniya neft xizmatlari ko‘rsatish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

ERIELL Group kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017-2020 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yo‘lida 2017 yilda qabul qilingan keng ko‘lamli dasturini jadal sur'atlarda amalga oshirmoqda. Dastur o‘z ichiga yangi quduqlarni burg‘ulash va mavjudlarini kapital ta'mirlash, yangi texnologik obektlar yaratish ishlarini olgan. Bularning barchasi uglevodorodlarni yetkazib berish, shu jumladan mamlakat uchun strategik hisoblangan yo‘nalishlar bo‘yicha geografiyasini ham anchayin kengaytiradi.

Sir emaski, quduqlarni burg‘ulash ishlari yuqori tavakkal va xavf-xatar bilan bog‘liq. Shuning uchun, hamma qoida va talablarga rioya qilish juda muhim. Aynan xavfsizlik texnologiyalari va choralariga qat'iy rioya qilganligi tufayli ERIELL Group ishonchli va mas'uliyatli burg‘ulash bo‘yicha pudratchi sifatida katta obro‘-e'tibor qozondi. Uning zaxirasida innovatsion yuqori texnologiyali asbob-uskunalar  va burg‘ulash texnikasi, shuningdek, yuklash-yuk tushirish va boshqa maxsus texnikalar parki mavjud.   

ERIELL Group'ning texnik jihozlanishi asosini statsionar, eshelonli va mobil burg‘ulash uskunalari tashkil etadi. Bu uskunalar ishonchli sheriklar sifatida neft-gaz bozorida ishonch qozongan dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidir.  

Quduqlarni burg‘ulashda ERIELL Group o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlashning muhimligiga alohida ahamiyat beradi, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Kompaniyalar guruhi atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlanish maqsadida qat'iy xalqaro standartlarga rioya qiladi.  Chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha dastur korporativ siyosatning tarkibiy qismi hisoblanadi va ERIELL Group'ning sifatni boshqarish dasturiga kiritilgan.    

Loyihalar amalga oshirilayotgan obektlarda atrof-muhitga antropogen yuklamani kamaytirish maqsadida kompaniya qattiq chiqindilar hajmini qisqartirish, ularni alohida to‘plash, kerakli tarzda yig‘ish, shuningdek, ifloslangan oqova suvlar chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Burg‘ulash ishlarining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish uchun kompaniya ishlangan burg‘ulash eritmalarini tindirilgan texnik suv, shlam, asosi uglerodli burg‘ulash eritmalari uchun quritgichdan foydalangan holda tik (vertikal) sentrifugalarni tozalashning besh pog‘onali tizimi va boshqa ekologik toza texnologiyalarga ajratadigan koagulyatsiya va flokulyatsiyaning qo‘shimcha bloklaridan foydalangan holda omborsiz burg‘ulash usulidan foydalanadi. 

Ko‘plab loyihalarni sifatli bajarish va amalga oshirish ishlaridan tashqari, ERIELL Group xayriya faoliyatida ham faol ishtirok etadi. 2020 yilda kompaniyalar guruhi Buxoro viloyatida kuchli bo‘rondan talafot ko‘rgan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatdi. 61 ta oila kuchli shamol oqibatida buzilgan uylarni tiklash uchun mablag‘ oldi. Shu yilning o‘zida kompaniyalar guruhi Toshkentdagi Nogironlarga o‘zaro ijtimoiy yordam jamg‘armasining ikkita bo‘linmasida pandemiya davrida turmush sharoiti og‘ir aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri o‘tkazdi.  

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omboridagi halokat oqibatida o‘nlab oilalar boshpanasiz va zarur anjomlarsiz qoldi. ERIELL Group xodimlari bu texnogen halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlaridan chetda qolmay, ro‘zg‘or uchun zarur anjomlar, shuningdek, pul mablag‘lari to‘plab berdilar.

ERIELL Group faol turmush tarzi va sportni rivojlantirish tarafdoridir. Kompaniya O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekistonning Humo xokkey klubi va Moskvaning “Spartak” xokkey klubi homiysi hisoblanadi. ERIELL – mintaqa xokkey ligasining bosh homiysi va sherigi hamdir.

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya ekologik aksiyasi doirasida ERIELL Group tomonidan Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i”da 200 ta daraxt ekildi.  Aksiyada kompaniyaning 60 dan ortiq xodimi o‘z farzandlari bilan ishtirok etdi. Kompaniya tomonidan ekish uchun chinor, eman va kashtan daraxtlari ko‘chatlari tanlandi.

Shuningdek, aksiyada ERIELL'ning Qarshi shahridagi xodimlari ham ishtirok etdi. Ular o‘z mablag‘lari hisobiga Qarshi shahridagi “Muruvvat” uyi hududida 20 ta yapon saforasi ko‘chatlarini ekdi.

ERIELL Group Ikkinchi jahon urushi voqealari haqidagi xotiralarni ham e'zozlaydi. Har yili kompaniyalar guruhi xodimlari faxriylarni bayram bilan tabriklaydi, ularga o‘z ehtiromi va hurmatini bildiradi.  

Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 76-yilligi arafasida ERIELL Group an'anaga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati faxriylarini bayram bilan tabrikladi.  

ERIELL Group vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilayotgan 22 nafar faxriyni ziyorat qildi. Harbiy orkestr chiqishi va bayram dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

2021 yil yoz oyida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan ERIELL Group bilan hamkorlikda Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan SuperLeo xayriya tadbiri tashkil etildi. Mazkur loyiha, maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarni energiya resurslarini tejash va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish qoidalariga o‘rgatishga qaratilgan.

Joriy yilning 1 iyun kuni ERIELL Group va O‘zbekiston Energetika vazirligi vakillari Milliy bolalar tibbiyot markazida bo‘lib, “Yuksalish” umummilliy harakati va “Ezgu amal” jamoatchilik tashkiloti bilan birgalikda onkologiya bo‘limining jajji bemorlarini tabrikladi. ERIELL Group Milliy bolalar tibbiyot markaziga zarur dori-darmonlar sotib olish va gemato-onkologiya bo‘limidagi bolalar xonasini jihozlash uchun 50 million so‘mlik sertifikatni topshirdi.

ERIELL Group erishilgan natijalarda to‘xtab qolmay, o‘z faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etmoqda, texnika parkini kengaytirmoqda va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilmoqda. Kompaniya bundan keyin ham boshqa tashkilotlardagi hamkorlari sa'y-harakatlarini birlashtirgan holda ijtimoiy muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.  

ERIELL Group – bu nafaqat quduqlarga xizmat ko‘rsatish va ularni loyihalashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya, balki katta ahil oila hisoblanib, uning har bir a'zosi umumiy ishni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shibgina qolmay, unga butun qalbini jo qiladi. Bugungi bayram – sevimli ERIELL Group ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan har bir xodim uchun muhim voqeadir.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: